Rossiyaning Kirov viloyatilik ayol biryo‘la to‘rt nafar qiz tug‘di. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar bermoqda.
Chaqaloqlar muddatidan oldin, kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirilgan. Ularning jami og‘irligi 3490 gramm, eng vazni kattasi 1200 gramm tosh bosgan. Bu ularning onasi uchun birinchi tug‘ish va avvaliga ultratovush tashhisida ayol egizak ko‘rishi ma’lum bo‘lgan. Ayni paytda chaqaloqlar alohida parvarish qilinmoqda.
Mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kirov viloyatida shu paytga qadar bunday voqea umuman qayd etilmagan.
Izoh (0)