“Barselona” klubi telekanalidagi Rojdestvoga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda hujumchi Lionel Messi dastxati tushirilgan futbolkasini kataloniyaliklarning sobiq futbolchisi Ronaldinyoga sovg‘a qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
35 yoshli Ronaldinyo sovg‘ani qabul qilib olganini tasdiqladi va do‘stiga rahmat aytdi.
Ronaldinyo “Barselona” safida 2003—2008-yillarda to‘p surgan.
Izoh (0)