Shifokorlar Yoqutistonda (Rossiya) tort iste’mol qilib, ommaviy ravishda zaharlanganlarda stafilokokk bakteriyalarini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Keyingi ikki kun mobaynida Yakutsk shahridagi tibbiyot muassasalariga zaharlanish alomatlari bilan 58 kishi, jumladan, 42 nafar bola murojaat etgan. Bolalar infeksiya kasalxonasiga bugungi kunda 31 nafar bola yotqizilgan bo‘lib, ularning holati barqaror ekanligi aytilmoqda.
Shaharning 30 ta savdo nuqtasidan zaharlanganlar tortini iste’mol qilgan “Nariyaana” qandolat sexining 60 kilogramm mahsuloti yig‘ishtirib olindi. Sanitariya qonun-qoidalari buzilgani aniqlangan sex faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, bino va jihozlar muhrlab qo‘yilgan. Ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, uning materiallari sudga oshirilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)