Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘li urib tushirilgan Su-24 hodisasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni Rossiya bilan bo‘lishishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyoti bilan bog‘liq hodisani sharhlay turib, ular buni nega qilganligi faqat Allohga ayonligini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq “Rosaviatsiya” Rossiya aviakompaniyalari va aeroportiga Turkiyaga parvoz davomida aviatsion xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan zudlik bilan qo‘shimcha chora-tadbirlar kiritish haqidagi ko‘rsatmani yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, go‘yoki, unda Rossiyaning IShID bilan neft bo‘yicha savdo-sotiqqa aloqadorligini isbotlovchi dalillar borligini aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)