Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatida suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 188 nafarga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Avvalroq 176 nafar qurbon haqida ma’lum qilingan edi.
Shtatning ma’muriy markazi Chennai shahrida jala va suv toshqini natijasida aeroport yopilgan.
Tiruvallur va Kanchipuram, shuningdek, Chennai va Puducherri hududlariga eng ko‘p zarar yetgan. Kanchipuram hududidagi uchta ko‘lning suvi limmo-lim to‘lgan.
Ushbu yomg‘irlar Chennaida oxirgi 100 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik bo‘ldi. Qutqaruv ishlariga Hindiston armiyasi va Harbiy-dengiz kuchlari jalb etilgan.
Izoh (0)