Kamerun shimolida xudkush o‘zini portlatib yubordi. Buning oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda Tengri News xabar bermoqda.
Voqea mamlakatning Nigeriya bilan chegaradosh bo‘lgan hududida 28-noyabrda sodir bo‘ldi. Xabar berilishicha, halok bo‘lganlar ichida Kamerun armiyasining ikki nafar askari ham bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, hududda harakatlanuvchi radikal guruhlardan hech biri ushbu hujum bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Izoh (0)