Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyaga yuborilgan rossiyaliklarga jangovar harakatlar faxriysi maqomini berish masalasini ko‘rib chiqishni topshirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Kreml bayonotiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, ushbu masala 20-dekabrgacha ko‘rib chiqilishi kerak.
“Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga Suriya Arab Respublikasiga harbiy harakatlar olib borilishi yuzasidan yuborilgan Rossiya fuqarolariga jangovar harakatlar faxriysi maqomini berishni ko‘zda tutadigan o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu masala uchun Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mas’ul etib tayinlangan.
Izoh (0)