Teraktlarga tayyorgarlikda gumon qilinib, Keniyada hibsga olingan ikki nafar eronlik mamlakat poytaxti Nayrobidagi mehmonxonalarga hujum qilishni rejalashtirgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya bosh inspektori Jozef Bunening ma’lum qilishicha, qo‘lga olinganlar — 69 yoshli Abubakr Sodiq Lou va 25 yoshli Yosin Sambay Juma Nayrobidagi xorijiy sayyohlar, tadbirkorlar va diplomatlar istiqomat qiladigan memonxonalarga hujum uyushtirishni rejalashtirgani, buning uchun yosh keniyaliklarni yollashga harakat qilganini tan olgan.
Keniyadagi teraktlar ortida odatda Somalining “Ash-Shabob” terrorchilari turadi, biroq eronliklarning mazkur guruh bilan bog‘liqligi haqida ma’lumot berilmagan. Rejalashtirilgan teraktlarning Rim papasi Fransiskning yaqinda yakuniga yetgan Keniyaga tashrifiga aloqasi haqida ham xabar qilinmagan.
Izoh (0)