Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhi tarkibida bo‘lgan samolyot xatolik tufayli Isroil nazorati ostidagi Golan tepaliklari hududidagi havo kengliklariga kirib qolgan, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mamlakat mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik uchuvchi Isroilning havo hududiga 1,6 km ichkarigacha kirib borgan. Shundan keyin u bilan aloqaga chiqishgan.
Aloqa o‘rnatilgandan keyin uchuvchi hech qanday hodisasiz chegaraning narigi tomoniga qaytgan.
Ma’lumot uchun, Golan tepaliklari Yaqin Sharqdagi bahsli hudud hisoblanadi va ayni vaqtda uni Isroil o‘z nazorati ostiga olgan. Isroil ham, Suriya ham Golan tepaliklarini o‘z hududining bir qismi deb biladi.
Izoh (0)