Suriya qurolli kuchlari vakili Ali Mayxub Suriya harbiylari Turkiya hududidan o‘qqa tutilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 28-noyabrga o‘tar kechasi Turkiya hududida joylashgan Jebel ak-Akra tog‘i tomonidan Suriya hukumat qo‘shinlari bo‘linmalari minomyotdan shiddat bilan o‘qqa tutilgan.
“Suriya armiyasi bunday xatti-harakat xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi va dunyo hamjamiyatidan Turkiya Respublikasi rahbariyatiga maksimal darajada bosim o‘tkazib, ularning xalqaro terrorizmni bevosita va bilvosita qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishiga erishishni talab qiladi”, — dedi Mayxub.
Izoh (0)