Koloradodagi oilani rejalashtirish klinikasida otishma keltirib chiqargan shaxs 59 yoshli Robert Lyuis Dear bo‘lib chiqdi. Bu haqda, CNN’ga asoslanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Politsiya xodimlari gumonlanuvchini hibsga olgan va uni jinoyat sodir etishga nima undaganini aniqlashga harakat qilmoqda. Ayni vaqtda, klinikaning o‘zida portlovchi uskuna bor-yo‘qligi tekshirilmoqda.
Avvalroq Kolorado-Springsdagi klinikada yuz bergan otishma oqibatida bir necha kishi, jumladan, uch nafar politsiyachi tan jarohati olgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)