Rossiya mudofaa vazirligi va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalar to‘xtatildi. Qora dengiz floti va turk harbiy-dengiz kuchlari harakatlarini muvofiqlashtirish uchun Turkiyada bo‘lib turgan Rossiya harbiy-dengiz floti vakili ham chaqirtirib olindi. Bu haqda 26-noyabr, payshanba kuni vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Oldinroq qabul qilingan qarorga ko‘ra, Rossiya mudofaa vazirligi va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasidagi barcha harakatdagi o‘zaro aloqalar to‘xtatildi. Bu Suriyada terrorchilar infratuzilmasini yo‘q qilish davomida havoda kutilmagan hodisalar ro‘y berishini oldini olish uchun faoliyat ko‘rsatgan ‘dolzarb liniya’gagina tegishli qaror emas”, — deya ta’kidlagan Konashenkov.
Izoh (0)