Tunis rasmiylari terrorchilik faoliyatida gumon qilib, 30 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
25 dan 26-noyabrga o‘tar kechasi huquq-tartibot xodimlari 500 dan ziyod reyd o‘tkazgan va ular davomida terrorchilik mazmunidagi varaqalar, Smit to‘pponchasi, ikkita miltiq, 33 ta patron va orgtexnika musodara etilgan. Qo‘lga olinganlar prokuratura ko‘rsatmasiga binoan qamoqqa joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabr kuni Tunis poytaxtida mamlakat prezidenti qo‘riqchilari bo‘lgan avtobus portlatib yuborilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangan. Ushbu terakt tufayli Tunisda favqulodda holat e’lon qilingan. Avtobusdagi portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)