Fransiyada ro‘y bergan teraktlar, shuningdek, Rossiyaning A321 samolyoti portlatilishi Moskva va Parij terrorchilikka qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishini talab etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya yetakchisi Fransua Olland bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Putin Ollandning keng miqyosdagi aksilterror koalitsiyasini tuzish bo‘yicha urinishlarini qadrlashini bildirdi. “Koalitsiya albatta zarur deb hisoblaymiz, bu borada fikrlarimiz bir joydan chiqmoqda”, — deya ta’kidlagan Rossiya prezidenti.
Izoh (0)