O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yuqori saviyada ishtirok etishini ta’minlash, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish yo‘lidagi tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston futbol federatsiyasi Prezidenti qaroriga asosan olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi.
Shtab quyidagicha ko‘rinish oldi:
Bosh murabbiy: Samvel Babayan
Katta murabbiy: Viktor Jalilov
Murabbiy: Ravshan Haydarov
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Andrey Shipilov
Darvozabonlar murabbiyi: Anvar Rashidov
Ilmiy uslubiy guruh: Gregoriy Kolosovskiy, Farhod Abduqodirov
Shifokor: Umid Bahromov
Ma’mur: Vitaliy Jalilov
Shu bilan birga yangi bosh murabbiy rahbarligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining dekabr va yanvar oyidagi ish rejasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining oldiga Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya musobqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Babayan O‘zbekiston olimpiya termasi bosh murabbiyligi lavozimida Viktor Jalilovning o‘rnini egalladi. Jalilov 2015-yilning 23-iyunidan beri olimpiyachilarni boshqarib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Izoh (0)