Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri joriy yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lishini aniqlash maqsadida o‘z tadqiqotlarini olib bordi, deb xabar qiladi “Sports.ru”.
Nashr so‘rovnomasida milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari, bundan tashqari OAV vakillari ishtirok etgan.El Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilgi “Oltin to‘p” 414 ochko (82,4%) to‘plagan “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nasib etadi.
Ikkinchi o‘rinni “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (212,5 ochko), uchinchi pog‘onani “Barselona” forvardi Neymar (95,5 ochko) egallaydi.
Keyingi o‘rinlardan Luis Suares (“Barselona”, 34,5 ochko), Zlatan Ibragimovich (“PSJ”, 21) va Andres Inyesta (“Barselona”, 20) joy oladi.
“Oltin to‘p” sohibi 2016-yil 11-yanvar kuni Syurixdagi tantanali marosimda e’lon qilinadi.
Izoh (0)