O‘zbekistonlik tennischi Arina Fols Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
Arina turnirning yakkalik bahslari birinchi davrasida italiyalik Juliya Kresenzini 6:1, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uning chorak final yo‘lidagi raqibasi musobaqaning ikkinchi raketkasi bolgariyalik Darya Yevtimova bo‘ladi.
Izoh (0)