Navoiy viloyatining Uchquduq shahrida bolalar va o‘smirlar sport maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar bermoqda.
Maktab binosining ochilish marosimida Uchquduq tuman hokimi R.Sanaqulov qatnashib, muassasa kalitini tantanali ravishda topshirdi.
Shahar markazida bunyod etilgan maktabning qurilish ishlariga qariyb 761 million so‘m mablag‘ ajratildi, bino 50 million so‘mlik sport anjomlari bilan jihozlandi.
Sport maktabida voleybol, basketbol, futbol va boks to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. To‘garaklarga jalb etilgan 110 nafar o‘quvchiga 4 nafar o‘qituvchi murabbiylik qilmoqda.
Izoh (0)