“Tottenxem”ning sobiq hujumchisi, asli togolik Emmanuel Adebayor islom dinini qabul qildi. 1984-yili 24-fevralda tug‘ilgan futbolchi oldin nasroniylik diniga e’tiqod qilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati.
“Futbolchi o‘zining xayriya ishlari bilan saxovatli futbolchi nomini olgan. Jumladan, Adebayor o‘z diyori – Togoda shifoxona va maktab ochgan. Gana hukumatiga suv tortib beruvchi 2 ta uskuna taqdim etgan. Hamda og‘ir kasalga chalingan ayolning hayotini saqlab qolishda o‘z hissasini qo‘shgani barchaga ma’lum. U ‘Afrika musulmonlariga yordam qo‘lini cho‘zing’ nomli jamg‘arma tashkil etib, bir qancha nufuzli tashkilotlar bilan aloqani yo‘lga qo‘ydi”, — deyiladi idora xabarida.
Adebayor Qur’oni karim ma’nolarini chuqur o‘rgandi va islomga o‘tishining 12 ta sababini keltirdi.
Internetda togolik futbolchining islomga o‘tishning asosiy sharti hisoblangan — shahodat kalimasini keltirayotgani tasvirlangan video tarqalgandi.
Izoh (0)