Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 23-noyabrgacha qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 20—23-noyabr kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi, xuddi shu muddatda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
“Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz”, — deyiladi FVVning aholiga tarqatilgan axborotida.
Izoh (0)