Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyaning Shryusburi shahrida yakuniga yetib borayotgan turnirning yakkalik bahslarida yarim finalga chiqa olmadi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
O‘zbekistonlik tennischi mukofot jamg‘armasi 25 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning chorak finalida turnirning to‘rtinchi raketkasi gollandiyalik Lesley Kerxovega 5:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Oqgul Omonmurodova ilk bosqichda britaniyalik Emma Xyorstni 6:3, 6:0, ikkinchi davrada turnirning yettinchi raketkasi amerikalik Bernarda Perani 6:3, 7:6(6) hisobida mag‘lub etgan edi.
Izoh (0)