Malayziya politsiyasiga mamlakat poytaxti Kuala-Lumpurdagi terrorchilik xavfi haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” G‘arb OAVlariga tayanib. U yerda bugun, 20-noyabr kuni Sharqiy Osiyo sammiti doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tishi kerak.
“Malayziyada teraktlar xavfi haqida xabarlar bo‘ldi. Ayni paytda ta’kidlamoqchi bo‘lganim shuki, bu axborot tasdiqlanishi kerak”, — dedi politsiya shefi.
OAVlar yozishicha, sammit o‘tkaziladigan joyga kamida 2 ming kishidan iborat qo‘shimcha armiya kuchlari jalb qilingan.
Izoh (0)