Germaniyaning Kyoln shahridagi restoranlardan birida otishma sodir bo‘ldi, natijada bir kishi vafot etdi, yana uch kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda “RBK” politsiya bayonotiga tayanib.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t ochgan besh nafar jinoyatchi qochib ketgan. Ularning shaxsi aniqlanganicha yo‘q. Yaralanganlar kasalxonaga yetkazildi.
Mahalliy OAVlar yozishicha, restoran ta’mir ishlari tufayli ancha vaqtdan buyon yopiq bo‘lgan. Shunga qaramay, hujum chog‘ida u yerda restoran xo‘jayini bilan birga yana kamida olti kishi bo‘lgan.
Izoh (0)