Rossiya AQSh rasmiylaridan A321 samolyoti bortidagi portlash bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni oldi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi yangi xavf va tahdidlar departamenti rahbari Ilya Rogachyov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Amerikalik hamkorlarimiz tomonidan samolyot halokati bo‘yicha ayrim ma’lumotlar berilgan, tegishli idoralar ularni o‘rganmoqda. Mazkur fojia tafsilotlari Buyuk Britaniya vakillari bilan ham doimiy ravishda muhokama etilmoqda”, — deya ta’kidlagan Rogachyov.
Oldinroq Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest AQSh, Rossiya va Misr o‘rtasida aviahalokat yuzasidan olib borilayotgan tekshiruv bo‘yicha axborot almashish davom etayotganini bildirgandi.
Izoh (0)