“Real” futbolchilari Madrid klubi ustozi Rafael Benites bilan Ispaniya Primerasining navbatdagi turida “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv taktikasini muhokama qilib oladi, deb xabar qiladi “Arena.uz”.
Radio Marca’ning yozishicha, futbolchilar Benitesni odatiy taktik sxemadan voz kechish va kataloniyaliklar bilan bahsda hujumkor uslubda o‘ynashga ko‘ndirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Barselona” uchrashuvi 21-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)