Fransiya hukumati ekstremistlar mamlakatda keng ko‘lamli terrorchilik hujumlarini tayyorlayotganida xabardor bo‘lgan. Bu haqda yuqori lavozimli mansabdorlarga tayanib, AFP xabar bermoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
- Voqea: Parijdagi teraktlar
Agentlik yozishicha, so‘nggi haftalarda mansabdorlar va ekspertlar “terrorchilar Fransiyaga qarshi misli ko‘rilmagan hujumlarni tayyorlayotgani, ularni to‘xtatib qolish deyarli imkonsiz ekanligi” haqida gapirgan.
“Ko‘lam muqarrar. Endi ularning maqsadi o‘z hujumlari OAVlarda iloji boricha kengroq yoritilishi uchun payt poylashdan iborat, — degan edi terrorchilikka qarshi kurash sohasidagi oliy mansabdorlardan biri yaqinda. — Biz Kalashnikov avtomatlaridan foydalanib amalga oshiriladigan keng ko‘lamli hujumlardan qo‘rqib turibmiz”.
Izoh (0)