“VKontakte” ma’muriyati Misrda halokatga uchragan A321 samolyoti yo‘lovchilari surati tushirilgan mahsulotlarni sotayotgan guruhlar uchun savdo xizmatini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “TJ” xabar bermoqda.
OAV ijtimoiy tarmoqdagi qator guruhlarda A321 samolyoti qurbonlari surati tushirilgan mahsulotlar sotilayotganiga e’tibor qaratgandi. Ular orasida krujkalar, smartfonlar uchun g‘iloflar, halok bo‘lganlar orasida eng yoshi bo‘lgan 10 oyli Darina Gromova surati tushirilgan shapkalar bo‘lgan. Guruh yaratuvchilari mahsulotlar sotuvidan kelgan daromadning bir qismi qurbonlar yaqinlariga berilishini bildirgan, biroq bu ma’lumot tasdiqlanmagandi.
11-noyabr, chorshanba kuni guruh egalari o‘z foydalanuvchilariga ularda “Mahsulotlar” menyusi yo‘qolib qolgani, shu bois ijtimoiy tarmoqda sentabr o‘rtalarida paydo bo‘lgan “Vitrinalar” funksiyasidan foydalanib, savdoni amalga oshirish imkoni yo‘qligini xabar qilgan. “VKontakte” matbuot xizmati mazkur ma’lumotni tasdiqladi.
Izoh (0)