So‘nggi bir necha kundan beri “Daryo” mushtariylarida saytga kirish, xabarlarni o‘qish bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga kelayotganidan xabarimiz bor. Xuddi shunday nosozliklar saytga axborot joylashtirish jarayonida ham yuzaga kelmoqda, vaqti-vaqti bilan saytning ishlamay qolishi holatlari kuzatilmoqda.
“Daryo” tahririyati bu nosozlik yoki qiyinchiliklarni “muammolar” deb atashni istamaydi, chunki mazkur nosozliklar yagona yoqimli sabab — internet-nashr auditoriyasi, o‘quvchilari soni “Daryo”ning texnik imkoniyatlari doirasidan tashqariga sezilarli chiqib ketgani, nosozliklarga qaramay, kundan-kunga ortib borayotgani bilan bog‘liq.Ayni vaqtda “Daryo”ga bir kunda 150 mingdan ortiq, bir oyda esa 700 mingdan ziyod mushtariy tashrif buyurmoqda, bir kunlik o‘rtacha sahifa ko‘rishlar soni esa bir milliondan oshib ketgan. Hozirda tashrifchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida sayt serverlari qatoriga yana bir necha kuchli serverlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Texnik nosozliklarga qaramay, saytimizni o‘qishda va o‘z yaqinlariga tavsiya etishda davom etayotgan mushtariylarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — dedi “Daryo” loyihasi rahbari Farhod Fayzullayev.
Yangiliklar “Daryo”sidan uzoqlashmang!
Izoh (0)