Har qanday kishi o‘ziga qo‘ng‘iroq qilgan notanish raqam kimga tegishli ekanligini uni Facebook’dagi qidiruv tizimiga kiritish orqali aniqlashi mumkin bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Bu imkoniyat yangi bo‘lmasa-da, yaqinda unga ijtimoiy tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari e’tibor qaratdi.
Endi foydalanuvchilar o‘z raqamini ijtimoiy tarmoqdan o‘chirish yo‘lini qidirishga kirishdi.
Nashr ushbu imkoniyatni tekshirib ko‘rib, haqiqatan ham Facebook’da odamni telefon raqami bo‘yicha qidirib topish mumkinligini aniqladi, biroq buning uchun raqam profilga biriktirilgan bo‘lishi kerak. Buning oldini olib bo‘lmaydi, ammo foydalanuvchining qo‘lidan keladigan yagona narsa shaxsiylik darajasini o‘zgartirishdan iborat, ya’ni “hamma ko‘rishi mumkin” degan bandni “faqat do‘stlar uchun”ga o‘zgartirish lozim.
Telefon raqami bo‘yicha qidiruvdan butunlay xoli bo‘lish uchun uni sozlamalar orqali akkauntdan olib tashlash kerak. Lekin bu holda kishi bu raqam orqali kira olmaydi, shuningdek, telefoniga parol va kodlar o‘zgargani haqida bildirishnomalar kelmaydi.
Izoh (0)