Senator va Federatsiya Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a‘zosi Igor Morozov Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi deputatlarini Turkiya va Tunisga parvozlarni taqiqlash masalasida qo‘llab-quvvatlaydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Senator ta’kidlashicha, ushbu mamlakatlarda so‘nggi paytlarda teraktlar soni ko‘paygan, ulardan nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar, shu jumladan, Yevropa mamlakatlari fuqarolari ham jabrlangan.
“Rossiya hukumatining asosiy vazifasi shundan iboratki, u Turkiya va Tunisga parvozlarni bekor qilish va rossiyaliklarga u yerga uchmaslikni tavsiya qilish orqali, bu mamlakatlar hukumatlarini mahalliy sayyohlik obyektlari xavfsizligi bilan jiddiy shug‘ullanishga majbur qilishi kerak”, — dedi senator.
Izoh (0)