Yovvoyi og‘maxon (xomyak) surati 2015-yilda eng kulgili jonivor surati deb e’tirof etildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Aynan shu rasm Comedy Wildlife Photography Awards mukofoti versiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Unda lunjlari ovqatga to‘la og‘maxonning yugurib ketayotgani aks etgan.
Ikkinchi o‘rinni “kamuflyaj ustasi” bo‘lgan bug‘u, uchinchi o‘rinni burnini kovlayotgan gorilla ishtirokidagi suratlar egalladi.
Izoh (0)