12-noyabr, payshanbaga o‘tar kechasi Primoreda, Rossiyaning KXDR chegarasida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Ir Senning sobiq ittifoqqa tashrifi arafasida qurilgan Rossiya-Koreya do‘stlik uyi yonib ketgan. Bu haqda Xasan shaharchasi ma’muriyati vakili ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ayni paytda hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum, tafsilotlar o‘rganilmoqda. Uy to‘liq yonib ketgan, u yerda bo‘lgan hujjatlar, kitoblar ham yo‘qotilgan. Uyni qayta qurish mumkin, biroq uning ichida bo‘lgan narsalarni asliga qaytarib bo‘lmaydi”, — deya ta’kidlagan vakil.
Uning aytishicha, ma’muriyat rahbari bu madaniy yodgorlikni tiklashga hissa qo‘shish istagidagilar uchun hisob raqami ochishni rejalashtirmoqda
Izoh (0)