Isroil aviatsiyasi falastinlik jangarilar tomonidan otilgan navbatdagi raketaga javoban, G‘azo sektorini bombardimon qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” armiya matbuot xizmatiga tayanib. Hodisa natijasida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Harbiylar ta’kidlashicha, hujum nishoni anklavda hukmronlik qilayotgan HAMAS harakatining G‘azo sektori janubidagi nuqtalari bo‘ldi. Bombardimon avvalroq Isroil janubidagi ochiq hududga kelib tushgan raketaga javob bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yil boshidan buyon G‘azo terrorchilari tomonidan otilgan 19 ta raketa Isroil hududida portlagan.
Izoh (0)