Rossiya Buyuk Britaniya milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy xatarlar ro‘yxatini boshqardi. Bu haqda The Times manbalariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, bu haqda 23-noyabrda e’lon qilinadigan ma’ruzada ma’lum qilinadi. Ushbu hujjatga ko‘ra, mamlakat milliy xavfsizligiga muhojirlar oqimi, terrorchilik, IShID kabi ekstremistik guruhlarning radikallashuvi, Ebola virusining tarqalishi tahdid qilmoqda.
Mazkur ro‘yxat Buyuk Britaniyada har besh yilda yangilanadi.
Izoh (0)