Bangladeshda olti nafar erkak o‘smirni qiynab o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
12 yoshli Raqib Havlader shu yilning avgustida o‘ldirilgan. Avtoservisda ishlagan o‘smir bo‘shamoqchi ekanligini bildirganda, sobiq xo‘jayini va uning besh nafar sherigi Raqibni shafqatsizlarcha qiynoqqa solgan. O‘smir kasalxonaga yotqizilgan va o‘sha yerda keyinchalik olamdan o‘tgan.
8-noyabr, yakshanba kuni Bangladesh sudi o‘smirning o‘ldirilishi bo‘yicha yana bir hukm chiqardi. 13 yoshli sabzavot sotuvchisi 2015-yilning iyul oyida o‘lguncha kaltaklangan. Unga hujum qilgan kimsalar do‘pposlash jarayonini telefon kamerasiga olgan va keyinchalik 28 daqiqali rolikni tarmoqqa joylashtirgan.
Sud mazkur jinoyatga aloqador bo‘lgan to‘rt kishiga turli jazo muddatlari — bir yildan umrbod qamoq jazosigacha berdi.
Izoh (0)