AQShning Arkanzas shtatidagi 40-raqamli avtotrassadan tushish chog‘ida yo‘lovchi avtobusi osma ko‘prik ustuniga kelib urildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Hodisa 6-noyabr, juma kuni sodir bo‘ldi. YTH oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jabrlandi. Shtat patrul-post xizmati voqea sabablarini aniqlashtirmoqda.
AQSh Meteorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, avariya ro‘y bergan vaqtda ob-havo sharoitlari noqulay bo‘lgan: tomchilab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushgan bo‘lgan.
Izoh (0)