Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlarida umr ko‘rish davomiyligi o‘rtacha 80,5 yoshga yetdi. Bu haqda tashkilot tomonidan tayyorlangan ma’ruzada ma’lum qilingan, deya xabar beradi “RBK”.
1970-yildan 2013-yilgacha umr davomiyligi 10 yildan ko‘proqqa oshgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, eng uzoq umr ko‘ruvchilar Yaponiyada yashaydi (83,4 yosh). Keyingi o‘rinlarda Ispaniya va Shveysariya (tegishli ravishda 83,2 va 82,9 yosh) va Fransiya (82,8 yosh) qayd etilgan.
Ma’ruzada nafaqat tashkilotga a’zo, balki bir qator sherik davlatlardagi ko‘rsatkichlar ham keltirilgan. Masalan, Rossiya 45 davlatdan iborat ro‘yxatda 70,7 yosh bilan 43-o‘rinda turibdi. Oxirgi o‘rinlarda Hindiston (66,5 yosh) va Janubiy Afrika respublikasini (56,8 yosh) ko‘rish mumkin.
Hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, tadqiqotlar o‘tkazilgan barcha mamlakatlarda ayollar erkaklarga nisbatan bir necha yil ko‘proq yashar ekan.
Ma’ruzada o‘lim sabablari bo‘yicha ma’lumotlar ham keltirilgan. Rivojlangan davlatlarda kishilar eng ko‘p yurak-qon-tomir va saraton kasalliklari oqibatida hayotdan ko‘z yumadi.
Izoh (0)