AQSh prezidenti Avraam Linkoln qo‘li bilan yozilgan maktub Nyu-Yorkdagi kimoshdi savdosida 2,2 million dollarga sotildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
1865-yilda ichki ishlar vaziri Jon Asher nomiga yozilgan xatni noma’lum bo‘lib qolishni istagan kishi xarid qildi. Matn Linkolnning ikkinchi inauguratsiya nutqining yakunini o‘z ichiga oladi.
Shu paytgacha xatga Asherlar oilasi a’zolari egalik qilgan.
Avraam Linkoln 1861-yilda AQSh prezidenti bo‘lgan, 1865-yilda u qullikni bekor qilishga qarshi bo‘lgan kishi tomonidan o‘ldirilgan.
Izoh (0)