Qrimda halokatga uchragan xususiy samolyot parvozi mintaqaning maxsus xizmatlari bilan kelishilmagan. Bu haqda Qrim prokurori Natalya Poklonskaya ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Bizdagi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvozga ruxsat olinmagan. Hozir bu ma’lumotlar tekshirilmoqda. Odatda bunday samolyotlar sayyohlarga chiroyli manzaralarni ko‘rsatish uchun Koktebel hududiga uchadi”, — deya ta’kidlagan Qrim prokurori.
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr, chorshanba kuni Koktebel yaqinidagi Klementev tog‘i atrofida 4 o‘rinli Cessna samolyoti halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan to‘rt kishi — uchuvchi va uch nafar sayyohning jasadi topilgan.
Izoh (0)