Sinay yarim orolida halokatga uchragan A321 layneri bortida portlovchi qurilma bo‘lgani, u IShID jangarilari tomonidan o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiya so‘zlashuvlar tinglanishi natijasida paydo bo‘lgan, deb yozadi “Gazeta.ru” AP’ga tayanib.
Avvalroq CNN telekompaniyasi Amerika maxsus xizmatlari Rossiyaning A321 samolyotini IShID jangarilari portlatgan bo‘lishi mumkin degan versiyaga yon bosayotgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya transport vazirligi OAVlarda layner, go‘yoki, terrorchilar tomonidan otilgan zenitli raketa bilan urib tushirilgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning A321 samolyoti halokatiga havo kemasi dvigatelidagi portlash sabab bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)