Rossiyaning A321 samolyoti halokatiga havo kemasi dvigatelidagi portlash sabab bo‘lgan. Bu haqda Misrning “Al-Masri al-Yaum” nashriga halokat sabablarini o‘rganayotgan tergov komissiyasidagi manbalardan ma’lum bo‘lgan. Ularga ko‘ra, “qora quti”lardan olingan ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.
“Samolyotning qulashiga dvigatellardan biridagi portlash sabab bo‘lgan, — deya ta’kidlagan tergov komissiyasidagi manba. — Bunga qanday omillar ta’sir ko‘rsatganini maxsus texnik laboratoriya, shuningdek, mutaxassislar tomonidan halokat joyi, Airbus bo‘laklari va qurbonlarning jasadini o‘rganish natijalari aniqlik kiritadi”.
Tekshiruvlar hozircha aviahalokat terrorchilik xuruji tufayli ro‘y berganini ko‘rsatmayapti. Manbalarning aytishicha, “qora quti”larda ekipajning dispetcherlarga shoshilinch murojaatlari qayd etilmagan.
Izoh (0)