Amerikaning Men shtati Oklend shahridagi turar-joyda otishma tufayli to‘rt kishi, jumladan, o‘q uzgan kishining o‘zi ham halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
5-noyabrga o‘tar kechasi 42 yoshli German Deriko o‘zi ikki erkak va bir ayol bilan birga turgan uyda o‘t ochgan. Uch karra qotillikni amalga oshirganidan so‘ng Deriko o‘zini otib tashlagan.
Politsiya xodimlari uyda to‘rt yoshli qizcha borligini aniqlagan, unga zarar yetmagan.
Mahalliy politsiyachilar tekshiruvga kirishdi. Qotillik sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)