Misrda so‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tgan jala qurbonlari soni 13 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib. Yana 30 dan ziyod kishi jarohatlangan.
Ofat mamlakatning deyarli butun shimoliy qismini qamrab oldi, biroq eng ko‘p Al-Buxayra provinsiyasidagi aholi punktlari zarar ko‘rdi. U yerdagi qator qishloqlarda sel oqimlarining sathi bir qavatli uy shiftigacha ko‘tarilgan, bu esa bunday darajadagi yog‘ingarchilikni kutmagan kishilar o‘limiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)