Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning vakili Suriyada mo‘tadil muxolifat bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning ta’kidlashicha, bu — norasmiy muzokaralar. “Agar Qodirovning ishi o‘xshamasa, bo‘ldi, xayrlashamiz. Uyga jo‘naymiz. Men hech narsa yo‘qotmayman”, — dedi u.
Qodirov, shuningdek, muzokaralardan ko‘zlangan bosh maqsad Suriya xalqi tinch hayotga qaytishi, terrorchilar esa yo‘q qilinishiga erishish ekanligini qayd etdi.
Izoh (0)