Janubiy Sudanda halokatga uchragan An-12 yuk samolyoti V.P. Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (hozirgi Toshkent mexanika zavodi)da tayyorlangan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Samolyot 1971-yildan ekspluatatsiya qilina boshlagan. 1993-yilgacha Rossiyaning Magadan fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi tarkibida bo‘lgan. Shundan so‘ng “Magadan Avia Lizing” aviakompaniyasi mulkiga o‘tgan, 1996-yilda u San-Tome va Prinsipida ro‘yxatdan o‘tgan British Gulf International aviakompaniyasiga sotib yuborilgan, 2007—2014-yillarda Armanistonning South Airlines va Taron Avia tashuvchilari parkida turgan. 2014-yilda esa Tojikistonning Asia Airways kompaniyasiga o‘tgan, so‘ng Janubiy Sudanning Allied Services Limited kompaniyasi parkiga kelib tushgan.
Janubiy Sudanda yuz bergan aviahalokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Samolyot bortida besh nafar rossiyalik bo‘lgan, ularning barchasi ekipaj a’zolari edi.
Avvalroq Rossiyaning Ugandadagi elchixonasi Janubiy Sudanda yuz bergan aviahalokat qurbonlari orasida rossiyaliklar borligini tasdiqlamagani xabar berildi.
Izoh (0)