Rossiyaning Ugandadagi elchixonasi Janubiy Sudanda yuz bergan aviahalokat qurbonlari orasida rossiyaliklar borligini tasdiqlamadi, deb yozadi “Vedomosti”. Elchixonaning konsullik bo‘limi mudiri halokat joyiga Rossiya konsuli yo‘l olgani haqidagi ma’lumotni ham rad etdi.
“Biz aviakompaniya nomini, ekipaj a’zolari fuqaroligini, parvoz yo‘nalishini va halokat sabablarini aniqlashtirmoqdamiz”, — dedi u.
Janubiy Sudanda yuz bergan aviahalokat oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Samolyot bortida besh nafar rossiyalik bo‘lgan, ularning barchasi ekipaj a’zolari edi. AirLive ma’lumotlariga ko‘ra, qulagan havo kemasi — Rossiyaga tegishli An-12 samolyotidir.
Izoh (0)