Grozniyning “Terek” futbol klubi hujumchisi Ablay Mbeng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov unga “Spartak” bilan o‘yinda raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritganidan so‘ng sovg‘a qilgan Toyota Corolla avtomobilini sotib yuborganini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Sports.ru”.
“Men har oyda Afrikaga pul jo‘nataman va shahrimda yashayotgan har bir kishiga ko‘mak beraman. Qancha odamga yordam berganimni bilmayman, ular juda ko‘p. Afrikada men bilan faxrlanishadi”, — deya ta’kidlagan Mbeng.
Hujumchining aytishicha, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani sababli shundoq ham mashinani faqat o‘zi istiqomat qilgan mehmonxona hududida haydagan.
Izoh (0)