AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden Twitter’dagi obunachilariga qanday himoyalangan messenjerdan foydalanishini oshkor qildi.
“Men har kuni Signal’dan foydalanaman. #FQBgama’lumotuchun (Spoyler: ular buni allaqachon biladi)”, — deb yozdi u.
Open Whisper Systems ishlab chiquvchisi ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlovchi TextSecure va RedPhone dasturlariga ega. Kompaniya yaqin kunlarda ularni yangi — Signal dasturiga birlashtirishini ma’lum qildi. Android uchun yagona versiya chiqarib bo‘lingan.
Edvard Snouden bilan bog‘liq mojaro 2013-yil iyunida kelib chiqqan edi. O‘shanda u AQSh maxsus xizmatlari internet va mobil aloqa orqali butun dunyodagi foydalanuvchilarni kuzatib borgani haqidagi maxfiy axborotlarni fosh etgan edi.
Izoh (0)