Google London ko‘chalarida reklamani ob-havo, yuz berayotgan mahalliy hodisalar va boshqa jihatlardan kelib chiqib namoyish etadigan avtomatlashtirilgan bilbordlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Ekranlarda qaysi reklamani namoyish etishni aniqlash uchun real vaqt tartibida olingan manbalar, jumladan, auditoriya to‘g‘risida ma’lumot, ob-havo yangiliklari, ko‘chalardagi tiqinlar, mahalliy tadbirlar (sportga oid xabarlar, o‘yinlar hisobi) haqidagi xabarlar, qidirilayotgan mavzulardan foydalanilmoqda. Ular asosida qaysi bilbordlarda va qachon reklama namoyish etilishi hal etiladi. Ekranlar “Vaterloo” bekati va Yuston-roud kabi eng gavjum joylarga o‘rnatilgan.
Google vakillarining ta’kidlashicha, mazkur tajriba reklama bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga ko‘chalardagi va raqamli reklamada zamonaviy talablarga javob berish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatib beradi.
Sinovlar Londondan tashqariga chiqishi hozircha ko‘zda tutilmagan, ular noyabr oxiriga qadar davom etadi.
Izoh (0)