Prezident tarafdorlarining “Yangi Ozarbayjon” partiyasi mamlakat parlamentiga bo‘lgan saylovlarda 70 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Saylovlarning dastlabki natijalari shundan dalolat bermoqda. Bu haqda Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mazaxir Panaxov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Mamlakat tarixidagi beshinchi parlament saylovlari 1-noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Parlamentdagi 125 o‘rin uchun 767 nafar nomzod kurashdi. Yevropa kengashi parlament assambleyasi delegatsiyasi rahbari Jordi Chukla saylovlar xalqaro standartlar asosida o‘tganini ta’kidlagan.
Saylov komissiyasi yakuniy natijalarni bir necha kundan so‘ng e’lon qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)